1

Davlat xaridlari bo`yicha javobgarlik kuchaytiriladi

Siyosat 02.12.2020, 19:13
Davlat xaridlari bo`yicha javobgarlik kuchaytiriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Davlat xaridlari to`g`risida”gi qonun loyihasi ko`rib chiqildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o`rinbosari, O`zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Haitov o`z mulohazalarini bildirdi.

Davlat tashkilotlari va idoralarining ochiq va shaffof tizim asosida xaridlarini amalga oshirishi o`ta muhim va dolzarbdir. Xorijiy mamlakatlar tajribaci shuni ko`rcatadiki, davlat xaridi byudjetning xarajatlar qicmida katta calmoqni egallaydi, o`z navbatida, u iqticodiyotni boshqarishning muhim vocitaci hicoblanadi.

Ilgari davlat xaridlari sohasidagi munosabatlar 30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar orqali tartibga solingan bo`lsa, 2018 yilning aprel oyida davlat xaridlari sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy yagona hujjat “Davlat xaridlari to`g`risida”gi qonun qabul qilindi.

Qonun loyihasida davlat xaridlari sohasida ochiqlik va shaffoflikni ta`minlash, har tomonlama nazoratni samarali yo`lga qo`yilishi bilan birga, davlat xaridlari ishtirokchilariga qulaylik va keng imkoniyatlar yaratish orqali xarid qilish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan normalar aks etmoqda. Shu boisdan u mamlakatning xalqaro reytinglardagi o`rnini yaxshilash, yurtimizning jahon miqiyosidagi obro`sini yanada oshirish, xorijiy investisiyalarni keng jalb etishda muhim huquqiy asos bo`lishi shubhasiz.  

Davlat xaridlarini amalga oshirishda raqamlashtirishdan kengroq foydalanib, shaffoflikni oshirish va nazorat tizimini takomillashtirish eng muhim va kechiktirib bo`lmas vazifa hisoblanadi. Shuningdek, A.Xaitov mazkur qonunning qabul qilinishi davlat xaridlari ochiqligi va shaffofligini hamda bu sohada tadbirkorlarning raqobatlashuvini ta`minlashini alohida ta`kidlagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1