1

To`xtash yoki to`xtab turish (parkovka) qoidalarini buzgan haydovchilar uchun belgilangan jarimalar miqdori kamaytiriladi

Siyosat 02.12.2020, 20:38
To`xtash yoki to`xtab turish (parkovka) qoidalarini buzgan haydovchilar uchun belgilangan jarimalar miqdori kamaytiriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofa va xafvsizlik masalalari qo`mitasi tomonidan transport vositalari haydovchilarining to`xtash yoki to`xtab turish qoidalarini buzish holati uchun belgilangan jarima miqdorlarini qamaytirish taklifi ilgari surilmoqda. Qo`mita taklifiga asosan, mazkur huquqbuzarlik uchun jarimani  BHMning bir baravari (223 ming so`m) miqdorida belgilash ko`zda tutilmoqda. Shuningdek, huquqbuzarlikni takroran sodir etilganda jarima miqdorini oshishi ham bekor kilinishi kutilmoqda. Bu haqda deputat Doniyor G`aniev ma`lum qildi.

Avtomobillar soni tez sur`atlarda oshib borayotgan bir paytda katta shaharlar markazlarida avtomobil transportini belgilangan joyda qoldirish (parkovka) muammosi ko`plab haydovchilar uchun dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Bu masala ayniqsa poytaxtda yaqqol ko`zga tashlanmoqda. Shaharda pullik avtoturargohlar etishmasligi yoki haydovchilar uchun qulaylik yaratish (holbuki bu orqali mahalliy byudjetga yaxshigina daromad ishlash imkoniyati bor) maqsadida  markaziy ko`chalarda yo`l bo`ylariga oddiy parkomatlar o`rnatilmaganligi bir sabab bo`lsa,  belgilanmagan yoki ruxsat etilmagan joylarda avtomobil transporti parkovka qilingani uchun “otni kallasidek” jarimalar belgilanganligi tabiiy ravishda ko`plab haydovchilar e`tirozlariga sabab bo`lmoqda.

Amaldagi qonunchilikka ko`ra, transport vositalari haydovchilarining to`xtash yoki to`xtab turish qoidalarini buzishi bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) uch baravari ya`ni 668 ming so`m miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi.  Ayni huquqbuzarlikni ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish haydovchiga BHMning besh baravari (1mln 113 ming so`m) miqdorida, uchinchi marta sodir etilishi esa BHMning o`n baravari (2mln 225 ming so`m) miqdorida jarima solinishiga sabab bo`ladi.  

Hozirda qo`mita a`zosi, deputat Farhod Ashmatov tomonidan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 128 6-prim moddasiga tegishli o`zgartirishlar kiritilishini ko`zda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1