1

Jondor tumaniga ham yangi hokim tayinlandi

Siyosat 03.12.2020, 11:11
Jondor tumaniga ham yangi hokim tayinlandi

Xalq  deputatlari Jondor tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tmoqda, deya xabar qildi Buxoro viloyati hokimligi Matbuot xizmati.

Sessiyada so`z olgan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Botir Zaripov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yilning 24 noyabr kuni o`tgan navbatdagi videoselektor yig`ilishida ish o`rinlari tashkil etish, tadbirkorlar muammolarini hal qilish va ularni qo`llab-quvvatlash borasida o`zibo`larchilikka yo`l qo`yganligi uchun Jondor tuman hokimini lavozimidan ozod etish masalasi qo`yilganligini aytib o`tdi. — Bunga etarli asoslar bor, albatta, - dedi viloyat rahbari. Masalan, oktyabr oyi reyting natijalari tahlili bo`yicha tumandagi sektor rahbarlari tomonidan aksariyat ko`rsatkichlarga etarli e`tibor qaratilmaganligi sababli 13 ta tuman va shaharlar orasida Jondor tumani 12 o`rinni qayd etgan. Bu tuman sektorlar rahbarlari hamjihatlikda ish olib bormay, boshboshdoqlikka yo`l qo`yganining asosiy belgisi ekanligi ta`kidlandi.   

Qayd etilishicha,  yaratilgan imkoniyatlarga qaramasdan, Jondor tumanida ham mavjud infratuzilmadan etarli darajada foydalanilmagan, hududni rivojlantirish borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmagan, xizmat ko`rsatish sohasida rivojlangan tuman yoki shaharlar darajasidan kam bo`lmagan salohiyatga ega bo`lsada, bugungi kunga kelib tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar etarli darajada emas hamda o`z echimini topmagan ko`plab muammolar mavjud. Jumladan, 9 oylik yakunlariga ko`ra, 445,5 mlrd so`mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o`sish sur`ati 101,3 foizni tashkil qilgan bo`lsa-da, tumanning viloyat sanoatidagi ulushi atigi 3,6 foizgina xolos. Shu bilan birga, jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2 mln 547,0 ming so`mni tashkil qilib, viloyat ko`rsatkichidan 59,2 foizga kam hisoblanadi.

Tumanda kambag`al oilalardagi 5 ming 108 nafar mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolarning 5 ming 94 nafari yoki 99,7 foizining bandligi ta`minlangan bo`lsa-da, ularning 4 ming 27 nafari yoki jami bandlikning 79,1 foizi doimiy ish joyi bo`lmagan jamoatchilik va o`zini-o`zi band qilish yo`nalishlarga joylashtirilib, doimiy daromad manbaiga ega bo`lgan Investisiya hamda qurilish kompleksi yo`nalishlarida kambag`al fuqarolarning bandligini ta`minlash ishlari qoniqarsiz tashkil etilgan,- dedi viloyat rahbari.

Shunga ko`ra, sessiyada tashkiliy masala ko`rildi. Viloyat hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari San`atillo Hikmatov Jondor tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Eslatib o`tamiz, sal avval “G`ijduvon EIZ” rahbari Buxoro tumaniga hokim etib tayinlangan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1