AsosiyMadaniyat

Farg`onada "Lola Murodova" hujjatli filmining premerasi bo`lib o`tadi

'Farg`onada "Lola Murodova" hujjatli filmining premerasi bo`lib o`tadi'ning rasmi

"O`zbekkino" MA buyurtmasiga binoan "Hujjatli va xronikal filmlar kinoctudiyasi" DUK tomonidan O`zbekiston qahramoni Lola Murodova haqida film monolog suratga olindi. 

Ertaga Farg`ona viloyatida ushbu hujjatli filmning namoyishi bo`lib o`tadi. Bu haqda “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati xabar berdi.

Filmda Farg`ona viloyatining Oltiariq tumanidagi “Nurliobod” fermer xo`jaligi rahbari, O`zbekiston Qahramoni, matonatli ayol Lolaxon Murodovaning hayoti va mehnat faoliyati haqida hikoya qilinadi. 

Film ssenariy muallifi Zeboxon Qobilova, rejissyor Doniyor Shokirov, operator Said Dalilxon Said Turg`utxonov, operator assistenti Ravshan Niyozov, ovoz rejissyori Jamshid Izomov, film direktori Gulnora Abdurahimova.

    Boshqa yangiliklar