1

Ilm-fan va innovasiyani rivojlantirish masalalari tanqidiy ko`rib chiqildi

Siyosat 03.12.2020, 22:04
Ilm-fan va innovasiyani rivojlantirish masalalari tanqidiy ko`rib chiqildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 3 dekabr kuni ilm-fan va innovasiyani rivojlantirish borasida oliy ta`lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar, tarmoq va hududlar oldidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig`ilishi o`tkazildi.  Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlatimiz rahbari bu borada amalga oshirilayotgan ishlarga tanqidiy baho berib, fan bilan ishlab chiqarish o`rtasidagi hamkorlikni ta`minlash, ilmiy institutlarga buyurtmalarni shakllantirish bo`yicha dolzarb yo`nalishlarni ko`rsatib o`tdi.  

Misol uchun, innovasion ishlanmalar uchun byudjetdan 100 milliard so`m ajratilayotgan bo`lsa-da, tanlov natijasi bo`yicha bor-yo`g`i 29 milliard so`mlik 51 ta loyiha shakllantirildi, xolos. Fanlar akademiyasi tizimidagi 33 ta ilmiy institut tomonidan o`tgan yili atigi 59 ta patent olingan.

Oliy ta`lim muassasalarida ilmiy tadqiqotlar darajasi o`ta past, ilm va innovasiya masalalari bo`yicha mas`ul prorektorlar umuman ishlamayotgani qayd etildi.

– Oliygoh, ilmiy tashkilotlar, tarmoq va hududlar o`rtasidagi muloqot qanday? Bugun kun tartibida mana shu savol turibdi. Afsuski, muloqot talab darajasida emas, – dedi Shavkat Mirziyoev.

Ilm-fanni ishlab chiqarish bilan bog`lash uchun texnoparklar imkoniyatidan keng foydalanish lozimligi aytilib, bu borada oliy ta`lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va Innovasion rivojlanish vazirligiga tegishli ko`rsatmalar berildi.

Yig`ilishda ilm-fan va oliy ta`lim muassasalari, tarmoq va hudud rahbarlari kelgusi yili qaysi yo`nalishlarda ilmiy loyihalarni amalga oshirishi va qanday natijalarga erishishi yuzasidan axborot berdi.

Qishloq va suv xo`jaligi, kimyo sanoati, neft-gaz, energetika, farmasevtika tarmoqlarini innovasion rivojlantirishga doir vazifalar belgilandi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1