1

O`zbekiston Kioto konvensiyasiga qo`shiladimi?

Siyosat 04.12.2020, 14:03
O`zbekiston Kioto konvensiyasiga qo`shiladimi?

 O`zbekiston Respublikasining Jahon savdo  tashkilotiga qo`shilishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.  

 Jahon banki va Xalqaro moliya korparisiyasining "Doing busines" va transport logistika xizmatlari bo`yicha baholovchi indekslarida O`zbekiston Respublikasi reytingini oshirishga xizmat qiladi.

Deputatlar “Jinoyat ishlari bo`yicha sud qarorlarini qayta ko`rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining Jinoyat-prosessual kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonun loyihasini birinchi o`qishda ko`rib chiqishdi.    

Qayd etilganidek, bugungi kunda amalda bo`lgan nazorat instansiyasi tizimi xalqaro standartlar talablariga mos kelmaydi (Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to`g`risidagi xalqaro paktning 14-moddasi 5-bandi). Ushbu hujjatga ko`ra, biror bir jinoyat uchun hukm qilingan har bir shaxs o`zining hukm qilinishi va o`ziga nisbatan chiqarilgan hukm yuqori sud instansiyasi tomonidan qonunga binoan qayta ko`rib chiqilishi huquqiga egadir.

Lekin sud hujjatlarini nazorat tartibida bir necha marta qayta ko`rish imkoniyati mavjudligi sud qarorlarining huquqiy jihatdan aniqligi prinsipini buzadi. Qolaversa, manfaatdor shaxslar sud ishidagi mavhumlik holatidan bir necha yillar aziyat chekishga mahkum bo`ladi. Xususan, 2017 yilda Oliy sud tomonidan 22 846 ta ish nazorat tartibida ko`rib chiqilgan bo`lsa, 2018 yilda bu ko`rsatkich 29 318 tani (28,3% ko`p), 2019 yilda esa 35 122 tani (19,8% ko`p) tashkil etgan.

Muhokamalar davomida deputatlar bunday holatlar sud hokimiyatining obro`-e`tiboriga putur etkazishini aytib, ushbu hujjatni birinchi o`qishda qo`llab-quvvatlashdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1