1

Byudjet ijrosi muhokama qilindi

Siyosat 04.12.2020, 18:06
Byudjet ijrosi muhokama qilindi

2020 yil 4 dekabr kuni Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo`mitasining videokonferensaloqa majlisi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Majlisda Senatning navbatdagi yalpi majlisida ko`rib chiqilishi rejalashtirilgan O`zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to`g`risida”gi Qonuni, “2021 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi va Byudjetnoma, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2020 yil to`qqiz oyidagi ijrosi dastlabki tarzda muhokama qilindi.

Bundan tashqari, majlisda “2021 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risida”gi qonun loyihasi va Byudjetnoma muhokama qilindi.

Shuningdek, “2020 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risida”gi Qonunda barcha byudjet jarayoni ishtirokchilari tomonidan byudjet ma`lumotlarini ochiq taqdim qilishga va shu orqali byudjet mablag`larini samaradorligini oshirishga qaratilgan bir necha qoidalar kiritilgan bo`lib, Qonunga muvofiq har chorak yakuni bilan o`zining rasmiy veb-saytlariga ma`lumotlarni joylashtirilishi belgilangan.

Senat a`zolari tomonidan O`zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to`g`risida”gi Qonuni, “2021 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi va Byudjetnoma, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2020 yil to`qqiz oyidagi ijrosi bo`yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Qo`mita majlisi yakunlari bo`yicha tegishli qarorlar qabul qilindi, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1