AsosiySport

2021 yilda "Sog`lom turmush tarzi" platformasi ishga tushadi. U orqali piyoda yurib, 3 mingdan 1 mln so`mgacha pul ishlab olish mumkin

'2021 yilda "Sog`lom turmush tarzi" platformasi ishga tushadi. U orqali piyoda yurib, 3 mingdan 1 mln so`mgacha pul ishlab olish mumkin'ning rasmi

“Sog`lom turmush tarzi” (www.1hls.uz) platformasi 2021 yil 1 martdan ishga tushadi, deya xabar bermoqda Sport vazirligi.

Ushbu platforma “Sog`lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Farmoniga muvofiq, aholi orasida kunlik yurish va yugurishni targ`ib qilish maqsadida yaratiladi. Bunda:

● O`zbekiston hududida bir sutka davomida 10 ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi O`zbekiston Respublikasi fuqarosining platformadagi elektron hamyoniga 3 ming so`mdan;

● har oyda har bir tuman (shahar) bo`yicha eng ko`p yurgan shaxsga 300 ming so`mdan, har bir hudud bo`yicha eng ko`p yurgan shaxsga 500 ming so`m, respublika bo`yicha eng ko`p yurgan shaxsga 1 million so`m qo`shimcha ravishda platformadagi elektron hamyoniga o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar