Rio-2016 Olimpiadasi chempioni, hozirda faoliyatini professional ringda davom ettirayotgan o`zbekistonlik bokschi Fazliddin G`oibnazarov 5 dekabr kuni o`zining navbatdagi jangini o`tkazdi.
Rossiyaning Ekaterinburg shahrida bo`lib o`tgan musobaqada unga armanistonlik Manuk Dilanyan raqiblik qildi.
U jangni ishonch bilan boshladi va ilk raundlardanoq ustunligini namoyish etdi. Uchinchi raund so`ngida chiroyli himoyalandi va fursatdan foydalanib, Dilanyanni nokdaun holatiga tushirdi.
So`nggi raundlar ham o`zbekistonlik bokschining faolligi va keskin hujumlari ostida o`tdi. Yakunda hakamlar bir ovozdan G`oyibnazarovning qo`li baland kelganini e`lon qilishdi.






