AsosiyJamiyat

Bo`stonliq tumanidagi qator turar va noturar ob`ektlar xatlovdan o`tkazildi. Shuningdek...  

'Bo`stonliq tumanidagi qator turar va noturar ob`ektlar xatlovdan o`tkazildi. Shuningdek...  'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.08.2020 yildagi “Bo`stonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur olib borilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lumot berdi. 

Jumladan, o`tgan davr mobaynida tumanning “Chimyon”, “Xo`jakent”, “Soyliq” va “Navobod” hududlari hamda “Chirchiq” va “Ugam” daryolarining muhofaza mintaqasidagi turar va noturar ob`ektlar xatlovdan o`tkazildi. 

Hududda aholi bandligini ta`minlash va ijtimoiy yashash sharoitini yaxshilash bo`yicha nima ishlar qilindi?

Jumladan, tumanda aholi bandligini ta`minlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash borasida, joriy yilning avgust-noyabr oylarida 857 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta`minlandi.

Shuningdek, butun dunyoda va shu jumladan, mamlakatimizda hukm surayotgan koronovirus pademiyasi davrida tuman aholisini ijtimoiy himoyaga muhtoj bo`lgan qatlamini qo`llab-quvvatlash maqsadida uyma-uy yurish natijasida 715 ta oilalar aniqlandi, ularga 13 turdagi 200,0 mln. so`mlik oziq-ovqat mahsulotlari, 25 ta oilaga 26 mln. so`m naqd pul mablag`lari plastik kartochkalariga tashlab berildi. Ayrim nochor va nogiron fuqarolarga 1 ta muzlatgich, 15 ta tirik mayda shoxli chorva mollari, 82 ta oilaga 20 tadan parranda, 10 ta oilaning har biriga 1 tadan asal ari qutisi tarqatildi.

Kuz-qish mavsumiga aholini ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda zarur bo`lgan yoqilg`i va oziq-ovqat mahsulotlar bilan ta`minlash borasida keskin choralar ko`rildi. Xususan, 3 ta ko`p qavatli uy-joylarning tom va er to`la qismlari ta`mirlandi, 2 marotaba markazdan uzoqlashgan aholiga bepul dori-darmon vositalari malakali shifokorlar bilan birga maxsus avtomashinalarda yuborildi, 5382 tn. ko`mir yoqilg`isi keltirilib, uzoq tog`li hududlarga avtotransport harajatlarisiz etkazib berildi. O`z navbatida, 20 ta nochor oilaga 1 tn.dan jami 20 tn. bepul ko`mir mahsuloti etkazildi.

Shuningdek, 2-sektor hududida jami 3 ta ko`chma ekobozorlar tashkil etilib, ulardagi narx-navolarning barqarorligi ustidan departament xodimlari bilan hamkorlikda nazorat tizimi yaratildi.

Ta`mirlangan yo`llar, yangi simyog`ochlar va chiqindi muammolari

O`tgan davrda, 58,1 km. ichki yo`llar joriy ta`mirlandi, 25,5 km. piyodalar yo`laklari barpo etildi, 8.680 ta beton lotoklar o`rnatildi, 350 ta eskirgan elektr sim yog`och ustunlari olib tashlanib, evaziga 361 ta beton ustun va tayanchlar o`rnatildi, 11 ta turli bosimdagi transformatorlar va 97 ta gazni taqsimlash quvurlari joriy ta`mirlandi, 352 ta tungi chiroqlar o`rnatildi, 11,1 km. elektr simlari yangilandi, 2,2 km. ichimlik suvi quvurlari ta`mirlandi, 25 km. gaz quvurlari bo`yaldi, 28.932 ta daraxt va ko`chatlar ekildi, 3 km. optik kabellar tortildi, 14,1 km. masofadagi yo`l chetida joylashgan uylarning tashqi qismi pardozlandi.

Hududdan 1.622 ta yuk avtomashinasida 13.880 m.kubdan ortiq chiqindilar olib chiqildi. Shuningdek, 7 ta hududga chiqindi to`plash punktlari o`rnatildi. 

Kommunal to`lovlarni to`lanishi ahvoli o`rganilib, elektr energiyasidan 1.980 mln. so`m, tabiiy gazdan 1.219 mln. so`m qarzdorlik undirilib, 165 dan ortiq noqonuniy tarmoqqa ulangan holatlar   bartaraf   etildi.

O`rganilgan hududlarda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish talablarini buzganligi uchun 168 nafar huquqbuzarga 98,1 mln. so`m ma`muriy jarima qo`llanildi, 285 nafari esa ogohlantirildi.

Sanitariya – gigienik holatlari bo`yicha aniqlangan qonun buzilishi yuzasidan 184 nafar shaxs ma`muriy tartibda 113,4 mln. so`m jarimaga tortildi, 361 nafari rasman ogohlantirildi.

Soliq to`lovchi sifatida 4 mingdan ortiq sub`ekt (dala hovli) ro`yxatga olinib, byudjetga 3,1 mlrd. so`m soliqlar undirilishi ta`minlandi.

Tadbirga mingdan ortiq shaxslar (shundan 65 nafari prokuratura xodimlari)jalb qilindi.

1535 ta holatda 85,08 gektar er maydonida o`zboshimchalik bilan egallab olingan 

Muhofaza hududidlaridagi jami 1.535 ta holatda 85,08 gektar er maydonida o`zboshimchalik bilan egallab olingan er maydonlari va binolar aniqlanib, tegishli choralar ko`rildi.

Jumladan:

– suv va yo`l bo`yining muhofaza zonasidagi 576 ta noqonuniy qurilmalarni ixtiyoriy buzish yuzasidan mulk egalariga ogohlantirish xatlari berildi;

– 32,64 ga er maydonidagi 396 ta noqonuniy qurilmalarni buzdirish bo`yicha sudlarga da`vo arizalar kiritildi;

– o`zboshimchalik bilan egallab olingan 290 ta holatda 35,52 gektar er maydoni zahiraga qaytarilib, 16,33 gektarda joylashgan 875 ta noqonuniy qurilmalar buzdirildi.

Bundan tashqari, “Ugam” daryosi qirg`oqlarida joylashgan 136 nafar fuqarolar tomonidan noqonuniy qurib olingan 251 ta temir karavot (tapchan), 44 ta omborxona, suv nasoslari, tandir, 37 ta yozgi oshxona, 47 ta hojatxona, 28 ta hovuz, qishki oshxona va 6 ta garajlar buzdirildi.

O`rganishda, 232 ta dehqon xo`jaliklari tomonidan o`z vaqtida to`lanmagan 110 mln. so`m soliq to`lovlari undirildi.

Birgina, daryoning “Besh tut” mahallasidan oqib o`tgan qismidagi muhofaza zonasida fuqaro Q.Muxtorov tomonidan noqonuniy ravishda 0,02 ga er maydoni devor bilan o`rab olinib, o`zboshimchalik bilan 2 ta bostirma, 1 ta oshxona qurib olinganligi aniqlanib, noqonuniy qurilmalar buzilib, er maydoni tuman zahirasiga qaytarildi.

Tadbir davomida tuman hokimining er ajratish haqidagi 97 ta noqonuniy qarorlari aniqlanib, prokuror protesti asosida bekor qilinishi hamda 111,8 gektar erlarni zahiraga qaytarilishi ta`minlandi.

 

Nazorat tadbirlari: 15 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo`llanildi

Nazorat tadbirlari davomida noqonuniy qurilmalarni buzdirish bo`yicha 576 ta holatda ogohlantirish xatlari berildi, tuman hokimining er ajratish va egalik huquqini berish haqidagi 97 ta noqonuniy qarorlari protest keltirish yo`li bilan bekor qilindi, sudlarga 396 ta da`vo ariza kiritildi, qo`pol qonun buzilishi holatlari yuzasidan 19 ta jinoyat ishlari qo`zg`atilib, 15 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo`llanildi. 

Masalan, fuqaro M.Baltabaev Bo`stonliq tumani, Kichiksoy m.f.y., Ko`xnaqo`rg`on ko`chasidagi davlat zahirasidagi er maydonidan 0,0330 gektarini soxta hujjatlar asosida, Er tuzish va ko`chmas mulk kadastri davlat korxonasi Bo`stonliq tumani filiali mansabdor shaxslari bilan jinoiy til biriktirib, VMning 461-sonli qaroriga zid ravishda Bo`stonliq tuman hokimining 24.07.2019 yildagi 6002-sonli qarorini chiqartirib, noqonuniy egallab olgan.

Makur holat yuzasidan, fuqaro M.Baltabaev, Er tuzish va ko`chmas mulk kadastr davlat korxonasi Bo`stonliq tuman filiali rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi A.Abdullaev va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Noqonuniy qurilma ob`ektlari va bino-inshootlari qurmaslik tushuntirilmoqda

Toshkent viloyati va tuman prokuraturasi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan muntazam ravishda fuqarolarga muhofaza mintaqasida noqonuniy qurilma ob`ektlari va bino-inshootlari qurmaslik haqida tushuntirish va targ`ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Misol uchun, o`rganilgan mahalla fuqarolar yig`inlaridagi noqonuniy qurilmalar, temir karavot (tapchan), yozgi oshxona va basseynlarni davlat va jamiyat manfaatlariga keltirayotgan zararlari, huquqiy oqibatlari va jazo muqarrarligi xususida tushuntirish va targ`ibot tadbirlari o`tkazilmoqda. Ayniqsa qo`zg`atilgan jinoyat ishlari doirasida er bilan bog`liq firibgarlik munosabatlarini oldini olish maqsadida aholi gavjum (bozorlar, savdo majmualari va boshqa) joylarida prokuratura va ichki ishlar organlari tergovchilari bilan ishlab chiqilgan bukletlar tarqatilib, aholining huquqiy savodhonligini oshirishga jiddiy e`tibor qaratilmoqda. 

Tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi faoliyati bo`yicha

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 avgustdagi “Bo`stonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora - tadbirlari to`g`risida”gi PF-6053-sonli Farmonining 13-bandida Toshkent viloyati tabiatini muhofaza qilish, er va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, hududning ekologik holatini yanada yaxshilash hamda ekoturizmni rivojlantirishga oid qonun hujjatlari ijrosi ustidan samarali nazoratni tashkil etish hamda er maydonlarining o`zboshimchalik bilan egallab olinishi va noqo- nuniy ob`ektlar qurilishining oldini olish maqsadida Bosh prokuratura tizimida Tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat hamda erlardan noqonuniy foydalanishni bartaraf etish bo`yicha ixtisoslashtirilgan prokuraturani tashkil etish belgilangan.

Farmon ijrosini ta`minlash maqsadida Bosh prokurorning 2020 yil 14 oktyabrdagi 1152-sonli buyrug`i bilan Toshkent viloyati prokuraturasi tizimida Toshkent tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tashkil etildi.

Shuningdek, Bosh prokurorning 2020 yil 18 sentyabr kunidagi 45 - B - sonli buyrug`iga asosan Bo`stonliq tumani hududida turizmni rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat faoliyatini muvofiqlashtirish va unga rahbarlik qilish Bosh prokuror o`rinbosari E.T.Yuldashev zimmasiga yuklatildi.

                Izoh: O`zbekiston Respublikasi “Prokuratura to`g`risida”gi Qonunining 10-moddasida prokuratura organlari tizimiga tuman prokuraturalariga tenglashtirilgan, hududiy harbiy, transport va ixtisoslashtirilgan prokuraturalar kirishi ko`rsatilgan.

Qonunning 12 - moddasida esa, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida bosh boshqarmalar, boshqarma va bo`limlar tuzilishi belgilangan.

Shu bois, Toshkent tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tuman prokuraturasiga tenglashtirilgan ixtisoslashtirilgan prokuratura sifatida Toshkent viloyati prokuraturasi tizimida tashkil etildi.

Ixtisoslashtirilgan prokuratura 10 ta tezkor va 4.5 ta texnik xodimlar bilan to`liq ta`minlangan. (Prokuror, 2 ta prokuror o`rinbosari, 3 ta prokuror katta yordamchisi, 3 ta yordamchi, 1 ta tergovchi). 

Ixtisoslashtirilgan prokuraturaga Majburiy ijro byurosining Bo`stonliq tuman bo`limining Bo`stonliq tumani, G`azalkent shahri, Shifokorlar ko`chasi, 4-uydagi ma`muriy binosidan 15 ta xona ajratilgan: mebel, orgtexnika, kompyuter, aloqa va elektron hujjatlar aylanish dasturiga ulanish vositalari bilan ta`minlangan. 

Shuningdek, ixtisoslashtirilgan prokuratura tomonidan qonunchilik ijrosi bo`yicha nazorat qilinishi belgilangan ob`ektlar ro`yxati shakllantirilib, kelgusidagi faoliyati yuzasidan yo`l xarita ishlab chiqildi.

Farmon asosida Ixtisoslashtirilgan prokuraturaning tashkil etilganligi, tabiatni muhofaza qilish sohasida qonunlar ijrosi ustidan samarali nazorat o`rnatish imkonini bermoqda. 

Xususan, Ixtisoslashtirilgan prokuratura tomonidan 251 ta er va erdan, 32 ta suv va suvdan, 3 ta er osti foydali qazilmalaridan foydalanishlarda, 1 ta o`simlik dunyosi va undan foydalanish, 18 ta chiqindilar, 24 ta muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, 3 ta turizm sohasini rivojlantirishga oid qonunlar ijrosi bo`yicha qonunbuzilishi holatlari aniqlangan.

Jumldan, Bo`stonliq tuman bo`yicha 251 ta holatda 32 gektar er maydoni, ya`ni 27,8 gektar qishloq xo`jaligi, 1,67 gektar o`rmon fondi, 2 gektar aholi punktlaridagi er maydonlari o`zboshimchalik bilan egallanganligi va noqonuniy qurilmalar qurilganligi aniqlangan. 

Aniqlangan qonunbuzilishi holati bo`yicha 3,3 gektar er maydonidagi qurilmalar buzdirilgan.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to`g`risidagi qonunlar ijrosi o`rganilganda, Bo`stonliq tumanning Yangiqo`rg`on MFY hududidagi Burchimullo o`rmon xo`jaligiga qarashli 1 gektar er maydonida o`zboshimchalik bilan egallab olinib, 4 ta uy-joy qurilganligi aniqlanganligi holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.

Bundan tashqari, tumanda chiqindilarni yig`ish, tashish, utilizasiya qilish, qayta ishlash, ko`mish va realizasiya qilish tizimi tahlil qilinganida “Toza hudud” DUK Bo`stonliq tumani filiali tomonidan tuman aholisining 66 foiziga (112.694 nafar) tasdiqlangan yo`nalish jadvaliga asosan xizmat ko`rsatib kelayotganligi aniqlangan.

Biroq, tumandagi 7 ta mahalla fuqarolar yig`inidan9.115 nafar aholiga bunday xizmatlar ko`rsatilmagan. 

Tahlillar, ushbu hudud aholisi tomonidan atrof muhitga bir oyda 205,1 tn, bir yilda 2.460 tn, sayyohlar tomonidan yoz oylarida bir kunda 60-67,5 tn mavsum davomida 5.400-6.075 tn. (80-90 ming nafar sayyoh) atrofida tashlanayotganligi ko`rsatmoqda.

Aniqlangan qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to`g`risida 2 ta taqdimnoma kirtilgan.

Shuningdek, Toshkent tumanidagi “Grand milk” MChJ tomonidan o`simlik dunyosi va undan foydalanish to`g`risidagi qonun talablari buzilib, 41 tup 1,5 mlrd. so`mga teng manzarali daraxtlar noqonuniy kesib tashlanganligi aniqlangan. Shu kabi holatlar Bo`stonliq va Qibray tumanlarida ham aniqlangan. 

Jumladan,  Salar kanalining Zangiota tumanidan oqib o`tuvchi qismida suv va suvdan foydalanish to`g`risidagi qonunlar ijrosi tekshirilganida, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 19 ta noqonuniy qurilmalar qurilganligi, 11 ta holatda oqova suvlari kanalga tashlanganligi holatlari bo`yicha 11 ta rasman ogohlantirish, 6 ta ma`muriy huquqbuzarlikka doir ish qo`zg`atilgan. 

Shuningdek, tumandagi “IMRONBEK SERVIS” MChJga qarashli avtomobilarni yuvish shahobchasi, “KAMRON” MChJga qarashli spirtli ichimliklar ishlab chiqarish korxonasilaridan hosil bo`layotgan oqova-suvlarni tozalanmasdan to`g`ridan-to`g`ri oqizayotganligi holati bo`yicha kompensasiya to`lovlari hisoblangan. 

Shu kabi holatlar, Yangiyo`l tumanida ham aniqlanilgan holatlari bo`yicha 11 ta rasman ogohlantirish, 6 ta ma`muriy huquqbuzarlikka doir ish qo`zg`atilgan. 

“Er osti boyliklari to`g`risida”gi Qonun ijrosi ustidan nazorat tadbirlari jarayonida, Angren shahrida faoliyat yuritayotgan “ART Techno Enjeneering” MChJ tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmasdan Jigariston MFY, Navgarzon hududidan 12939,2 m3 tog` jinslari (ko`mir), Parkent tumanida faoliyat yuritayotgan “Ma`murjon g`isht servis baraka” MChJ tomonidan g`isht ishlab chiqarish uchun tegishli lisenziya olmasdan 44952 m3 tuproq qazib olganligi aniqlanib, hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.

Sohada nazorat tadbirlarini samarali tashkil etish maqsadida, prokuratura va ekologiya xodimlarini bilimi va kasbiy malakasini oshirish borasida Bosh prokuratura Akademiyasi hamda Ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish qo`mitasi bilan hamkorlikdagi chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Shuningdek, Bosh prokuratura akademiyasi, Ixtisoslashtirilgan prokuratura va Ekologiya davlat qo`mitasi tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonunlar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, huquqbuzarliklarni qayd etish va ularga nisbatan chora ko`rish jarayonini shaffoflashtirish, huquqbuzarliklarga nisbatan chora ko`rish jarayonidagi korrupsiya holatlari va inson omiliga chek qo`yish, davlat va jamoatchi inspektorlar malakasini oshirish maqsadida, elektron mobil ilova yaratilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar