1

EOIIning xalqaro nufuzi tobora ortib bormoqda — Shavkat Mirziyoev

Siyosat 11.12.2020, 19:17
EOIIning xalqaro nufuzi tobora ortib bormoqda — Shavkat Mirziyoev

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 11 dekabr kuni Oliy Evroosiyo iqtisodiy kengashining videoanjuman shaklidagi yig`ilishida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko raisligida o`tgan tadbirda kengashning Faxriy Raisi, Qozog`iston Respublikasining Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboev, Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev, Qirg`iz Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Talant Mamitov va Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan ishtirok etdi.

Bundan tashqari, uchrashuvda Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) huzuridagi kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Moldova Respublikasi Prezidenti Igor Dodon hamda taklif etilgan Kuba Respublikasi Prezidenti Migel Dias-Kanel Bermudes qatnashdi.

Sammit kun tartibiga muvofiq O`zbekiston Respublikasiga EOII huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomini berish masalasi ko`rib chiqildi, shuningdek, birlashma doirasidagi ko`p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoev o`z nutqida O`zbekistonning kuzatuvchi maqomini olish to`g`risidagi murojaati qo`llab-quvvatlangani uchun samimiy minnatdorlik bildirib, EOIIning xalqaro nufuzi tobora ortib borayotgani, tashkilotning xorijiy mamlakatlar bilan amaliy hamkorlik geografiyasi keng ekanini alohida ta`kidladi.

Oliy Evroosiyo iqtisodiy kengashining yig`ilishi yakunida EOIIga a`zo mamlakatlar etakchilari O`zbekiston Respublikasiga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomini berish to`g`risida bir ovozdan qaror qabul qildilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1