AsosiySport

Aralni rivojlantirish uchun harakatlar bo`layotgani rost, ammo bu klubning birdaniga Superligada o`ynashini anglatmaydi — Diyor Imomxo`jaev

'Aralni rivojlantirish uchun harakatlar bo`layotgani rost, ammo bu klubning birdaniga Superligada o`ynashini anglatmaydi — Diyor Imomxo`jaev'ning rasmi

Bugun kator saytlarda va ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog`istonning Aral klubi birdan superligada o`ynarkan degan xabarlar tarqaldi. O`zPFL rahbari  Diyor Imomxo`jaev ushbu xabarlarga munosabatini bildirdi.

Superligada qancha klub ishtirok etishi masalasi O`FA Ijroqo`mining 28 noyabr kungi yig`ilishida ko`tarilgan va unda Aral klubining istisno tariqasida Proligada ishtirok etishi masalasi bo`yicha muhokama borgan. O`sha masala bo`yicha biz Qoraqalpog`istonda bo`ldik, safar xulosalarini avvalroq taqdim etgandik.  

Futbol jamoatchiligi masalaga vazmin yondoshishi to`g`riroq bo`ladi. Chunki bugun e`lon qilingan material muhokamaga qo`yilgan, yakuniy qaror chiqmasidan turib, Aral Superligada o`ynaydi deb yozish to`g`ri bo`lmaydi. Boz ustiga muhokamada Superliga ishtirokchilari soni haqida so`z ham yo`q, bo`lishi ham mumkin emas.  

FIFA hukumatning futbolga g`amxo`rligini qadrlaydi, o`z navbatida sport tamoyillariga tashqi aralashuv bo`lishiga yo`l ham qo`ymaydi. Aral futbol klubining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun sezilarli harakatlar bo`layotgani rost, ammo bu klubning birdaniga Superligada o`ynashini anglatmaydi.

    Boshqa yangiliklar