1

Madaniyat vazirligi Tosh hovli saroyining buzilgan devori yuzasidan ma`lumot berdi

Madaniyat 11.12.2020, 20:11
Madaniyat vazirligi Tosh hovli saroyining buzilgan devori yuzasidan ma`lumot berdi

Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamenti 2020 yil 10 dekabrdagi Tosh hovli saroyida devor buzilishi bo`yicha ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilingan maqolaga asosan quyidagilarni ma`lum qildi.

Tosh hovli saroyi 1832-38 yillarda qurilgan bo`lib Xiva shahrining 2500 yilligi yubileyini o`tkazish munosabati bilan 1997 yilda ta`mirlash tiklash ishlari «Xorazm maxsus ilmiy ta`mirlash ishlab chiqarish» ustaxonasi tomonidan Tosh hovli saroyida qisman olib borilgan.

Madaniy meros departamenti tomonidan aniqlanishicha Tosh hovli saroyini sharqiy tomonidagi devor qismi buzilishiga sabab buyurtmachi tashkilot «Ichan- Qal`a» davlat muzey-qo`riqxonasi bo`lib, «Surgut neft stroy» pudratchi xususiy korxonasi tomonidan joriy yilning 8 dekabr kuni devor tepa qismi buzilgan.

«Ichan- Qal`a» davlat muzey-qo`riqxonasida har qanday ta`mirlash-tiklash ishlari Departament qoshidagi Ilmiy-ekspert kengashi xulosasi asosida bajarilishi va YuNESKO tashkiloti bilan kelishish zarurligi aniq belgilangan bo`lsada, ammo loyiha Ilmiy-ekspert kengashiga kiritilmagan va saroyda loyihasiz ta`mirlash-tiklash ishlari olib oborilgan.

Hozirda Departament xodimlari tomonidan Tosh hovli saroyida ta`mirlash-tiklash ishlari to`xtatilgan bo`lib, noqonuniy olib borilayotgan ta`mirlash-tiklash ishlari to`g`risida huquq targ`ibot idoralariga hujjat tayyorlanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1