AsosiyMadaniyat

O`zbekistonda bolalar uchun yangi telekanal ochilmoqda

'O`zbekistonda bolalar uchun yangi telekanal ochilmoqda'ning rasmi

“Ixtisoslashgan bolalar ko`ngilochar-ma`rifiy telekanalini tashkil etish to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.  

Qarorga ko`ra, Ixtisoslashgan bolalar ko`ngilochar-ma`rifiy “Aqlvoy” telekanali (bolalar telekanali) tashkil etiladi.  

Ma`lumotni qiziqarli va tushunarli shaklda taqdim etish orqali bolalarning bilim olish faolligini rag`batlantirish, intellektual va ijodiy ko`nikmalarini rivojlantirish (edutainment) telekanalning asosiy vazifa va faoliyat yo`nalishlaridan biri hisoblanadi.  

Mazkur telekanal:

➖ “Edumedia Corporation” MChJ qoshida yuridik shaxs tashkil etmasdan ta`sis etiladi;

➖ respublikaning barcha hududlarida etkaziladigan umumfoydalanishdagi ijtimoiy raqamli teleeshittirishlar paketi tarkibiga kiritiladi;

➖o`zini-o`zi moliyalashtirish asosida faoliyat yuritadi.

    Boshqa yangiliklar