1

114 ta noyob Qur`on kitoblari O`zbekistonga qaytariladi

Madaniyat 14.12.2020, 13:55
114 ta noyob Qur`on kitoblari O`zbekistonga qaytariladi

Dunyo bo`ylab tarqalib ketgan 114ga yaqin Qur`oni karimning qadimiy qo`lyozma kitoblari buyuk allomalar, mutafakkirlar va  tarixiy shaxslarga tegishli ekanligi aytilmoqda. 

Ular qatorida Amir Temur, Mirzo Ulug`bek, Husayn Boyqaro, Amir Olimxon kabi tarixiy shaxslar foydalangan manuskriptlar mavjud. Loyiha O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish butunjahon jamiyati tomonidan amalga oshirilmoqda. Avvalroq jamiyat O`zbekistonga Kattalangar Qur`on tarixiy kitobini qaytargan edi.

15-18 dekabr kunlari Toshkentda O`zbekiston madaniy merosi an`anaviy haftaligi o`tkaziladi. Ma`lumotlar kongress tashkilotchilari tomonidan tasdiqlandi, deb xabar qildi "O`zbekkino" MA Matbuot kotibi Nozim Safari.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1