1

"Rangsiz tushlar" filmi "Asiatica Film Festival XXI" xalqaro festivalida ishtirok etadi

Madaniyat 14.12.2020, 17:28
"Rangsiz tushlar" filmi "Asiatica Film Festival XXI" xalqaro festivalida ishtirok etadi

Joriy yilning 18-22 dekabr kunlari Italiya Respublikasining Rim shahrida 18 mamlakatdan saralab olingan filmlar ishtirokida "Asiatica Film Festival XXI"  xalqaro kinofestivali bo`lib o`tadi. Bu haqda “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

Mzkur kinofestival so`nggi yillar Osiyo qit`asida suratga olinayotgan sara kinokartinalarni ko`rish orqali, qisqa metrajli, badiiy va hujjatli filmlar orasidan munosiblarini taqdirlaydi. Mazkur kinofestivalda «O`zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan rejissyor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan "Rangsiz tushlar" badiiy filmi ham ishtirok etadi.

Filmda necha yillik mahkumlikdan so`ng, ozodlikka chiqqan ayol – Kashmiraning jamiyatga moslashishidagi qiyinchiliklar hikoya qilinadi. Shuningdek, o`tkir ijtimoiy muammolar va jamiyatning ayrim kamchiliklari namoyish etilgan.

Filmda rollarni Feruza Saidova, Karim Mirxodiev, Shohida Ismoilova, Bekzod Abdumuxitov va Asal Abdullaevalar ijro qilishgan. Film ssenariy muallifi Umid Hamdamov, operator Azizbek Arziqulov, rassom Shamshod Ibrohimov, kompozitor Ubaydullo Karimov.  

"Asiatica Film Festival XXI" xalqaro kinofestivali doirasida taniqli kinomutaxassislar bilan master-klasslar, ijodiy suhbatlar, xalqaro doirada e`tirof etilgan kinoasarlarning muhokamalari ham bo`lib o`tadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1