1

Sodiq SAFOEV: "O`ylaymanki, ushbu Kongress Yangi Renessans bosqichiga qadam qo`yishda nafaqat nazariy, balki amaliy hissa bo`lib qo`shiladi"

Madaniyat 16.12.2020, 16:33
Sodiq SAFOEV: "O`ylaymanki, ushbu Kongress Yangi Renessans bosqichiga qadam qo`yishda nafaqat nazariy, balki amaliy hissa bo`lib qo`shiladi"

Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahrida O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha butunjahon jamiyatining IV Xalqaro kongressi davom etmoqda. 

O`zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o`rinbosari Sodiq Safoev kongressda o`zining "Yangi renessans: tarix saboqlari va zamonaviy talablar" mavzusidagi ma`ruzasi bilan so`zga chiqdi. U "Darakchi" muxbirining savollariga quyidagicha javob berdi:

"Men ta`kidlab o`tishni istardimki, Renessans — bu shunchaki umumiy shior yoki balandparvoz chaqiriq emas. Bu aniq va puxta o`ylangan, jamiyatni faol harakatga keltiruvchi "uyg`onish" dasturidir. Bu sog`liqni saqlash hamda ta`limdagi yangi sifat, inson hayoti sifatining yuksalishi kabilarni o`z ichiga oladi.

Men o`ylaymanki, bizning oldimizdagi birlamchi vazifa oldingi qilingan ishlarni chuqur tahlil qilish va nafaqat bizning mamlakatimiz tarixidagi, balki Evropadagi Renessanslar, Islom Renessansi, Markaziy Osiyo Renessanslari bosqichlarini o`rganish vositasida tajriba oshirishdan iborat.

Shu ma`noda Kongress va undagi o`zaro bahs-munozaralar asosan insoniyat boshidan kechirgan Renessanslar muhokamasiga va ular asosida bildiriladigan muhim xulosa va takliflarga qaratilishi kerak.

Albatta, hozirgi Renessans oldingilarga o`xshamaydi. U ayni paytda yuz tutayotgan sanoat inqilobi, jadal raqamlashtirish jarayonlarida yuzaga kelmoqda va o`zining qat`iy talablarini oldimizga qo`yyapti.

Yangi Renessansning ushbu jihatini barcha etnograflar, antropologlar, tarixchilar, madaniyat va san`at sohasi vakillari hamda ilm ahli chuqur anglashi juda muhim.

Men o`ylaymanki, ushbu Kongress yangi renessans bosqichiga qadam qo`yishda nafaqat nazariy, balki amaliy hissa bo`lib qo`shiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1