Professional boksning super o`rta vazn toifasida ringga ko`tarilayotgan Bektemir Meliqo`ziev (6-0, 5 KO) 30 yanvar kuni sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyovga (34-4-1, 29 KO) qarshi ringga ko`tariladi. Bu haqda Gosport.uz nashriga bokschiga yaqin manbalar xabar berdi.
Manbalarga ko`ra, jang Rossiya poytaxti Moskva shahrida 70 ming tomoshabinni sig`dira oladigan «Lujniki» futbol stadionida bo`lib o`tadi.
Sergey Kovalyov so`nggi marta 2019 yilda Kanelo Alvaresga qarshi ringga ko`tarilgan va 11 raundda nokautga uchragandi. So`nggi marta u 2019 yilning avgustida jahon chempionlik kamarini himoya qilgan. U yarim og`ir (-79,34 kg) vazn toifasida 13 karra jahon chempioni hisoblanadi. Shularning beshtasida bir yo`la uchta kamar WBA, IBF va WBO chempionlik kamarlarini qo`lga kiritgan.