Bir muddat avval "Ummon" guruhi a`zosi Shoxrux Alloh uchun san`atni va qo`shiq kuylashni tark etgani haqida xabar qilingan edi.
Xalqqa Shoxrux nomi bilan tanilgan xonanda endilikda ismini ham o`zgartirdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma`lum qildi.
"Ismingizni ham o`zgartirmadingizmi?" degan savolga, xonanda "O`zgartirdim, endi meni Yusuf deb chaqirishingiz mumkin" deya izoh qoldirgan. Shuningdek, endilikda u ma`qul kelgan savollarga ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali javob berib turishini ma`lum qilgan.






