AsosiySport

Sanjar Tursunov Qatarning "Umm-Salal" futbol klubi a`zosiga aylandi

O`zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Sanjar Tursunov Qatarning “Umm-Salal” futbol klubi a`zosiga aylandi, deb xabar beradi O`FF rasmiy sayti.

29 yoshli futbolchi faoliyatini bunga qadar Ukrainaning “Vorskla” jamoasida olib borayotgan edi. 2014 yildan buyon poltavaliklar tarkibida to`p surib kelgan yarim himoyachi endilikda faoliyatini Qatar Yulduzlar Ligasida davom ettiradi.

Sanjar Tursunov shu oy avvalida jamoani tark etgan eronlik futbolchi Andranik Temuryanning o`rnini to`ldirish uchun xarid qilindi, deb yozadi Qatar Yulduzlar Ligasi rasmiy sayti ushbu transfer haqida.

Ta`kidlanishicha, futbolchi 27 yanvar, seshanba kuni klub bilan 18 oyga mo`ljallangan shartnomaga imzo chekkan. Shuningdek, Tursunov o`zining yangi jamoasi bilan seshanba kungi mashg`ulotlarda qatnashgan. Uning “Umm-Salal” tarkibidagi debyuti 28 yanvar kuni chempionat peshqadami “Ar-Rayan”ga qarshi o`yinda bo`lishi kutilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar