1

Senatorlar tomonidan bir qator Qonunlar ma`qullandi

Siyosat 19.12.2020, 13:04
Senatorlar tomonidan bir qator Qonunlar ma`qullandi

Senatning bugun davom etayotgan o`ninchi yalpi majlisida dastlab, sud-huquq tizimi islohotlari zamirida bo`lgan inson huquqlarini to`la-to`kis ta`minlanishi yo`lida sud qarorlarini qayta ko`rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi, Ma`muriy sud ishlarini yuritish to`g`risidagi, Jinoyat-prosessual, Iqtisodiy prosessual hamda Fuqarolik prosessual kodekslariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida beshta qonun muhokama qilindi.

Shuningdek, “O`zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-prosessual kodekslari hamda O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi, “Normativ-huquqiy hujjatlar to`g`risida”gi yangi tahrirdagi O`zbekiston Respublikasi Qonuni, “Bojxona tartibotlarini soddalashtirish va uyg`unlashtirish to`g`risidagi xalqaro konvensiyaga (Kioto, 1973 yil 18 may, 1999 yil 26 iyundagi o`zgartirishlar bilan) qo`shilish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunlari muhokama qilindi.

Mazkur Qonunlar senatorlar tomonidan ma`qullandi va mutasaddi idoralarga ularni keng targ`ib qilish va to`liq ishlashi uchun zarur mexanizmlarni ishlab chiqib, joriy etish topshirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1