1

O`zbekistonning Pokistondagi yangi elchisi tayinlandi

Siyosat 20.12.2020, 13:20
O`zbekistonning Pokistondagi yangi elchisi tayinlandi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`ninchi yalpi majlisi ikkinchi ish kunida mamlakatimizning Pokiston Islom Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisini tayinlash to`g`risidagi masala ko`rib chiqildi.

Senatorlar Oybek Arifbekovich Usmanovni O`zbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlash to`g`risida qaror qabul qildi.

1962 yilda Toshkentda tug`ilgan Oybek Usmanov 1985 yili Toshkent Davlat universitetining Sharqshunoslik fakultetini tugatgan.

U 2013 yil yanvar oyidan beri O`zbekistonning Misr va Iordaniyadagi elchisi, shuningdek, 2020 yil may oyidan O`zbekistonning Marokashdagi elchisi lavozimida ishlab kelgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1