AsosiySport

Poytaxtdagi tennis musobaqasida 70 yoshga bo`lgan raketka ustalari ishtirok etishdi

'Poytaxtdagi tennis musobaqasida 70 yoshga bo`lgan raketka ustalari ishtirok etishdi'ning rasmi

Poytaxtimizdagi Olimpiya zaxiralari tennis maktabida havaskor va professional tennischilar o`rtasida o`rtoqlik musobaqasi bo`lib o`tdi. Bu haqda olympic.uz ma`lum qildi. 

Musobaqada mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan bir qator tashkilotlar rahbariyati, mutasaddilari ishtirok etishdi. NBU CUP-2020 nomini olgan ushbu musobaqada yosh sportchilardan tortib 70 yoshgacha bo`lgan qatnashchilarni ham ko`rish mumkin edi.

Reglamentga ko`ra, musobaqa dastlab guruh, so`ng pley-off bosqichida o`tkazildi. Juftlik yo`nalishida o`tgan musobaqa yakunida Furqat Karimov hamda Yorqin Zoirov juftligi birinchi o`ringa sazovor bo`ldi. Ikkinchi o`rin Valeriy Tyan va Vladislav Shegay tandemiga nasib etgan bo`lsa, Muhsin Ashurov-Artur Maurer dueti kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Musobaqaning tantanali yopilish marosimida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev yurtimizda ommaviy sport targ`iboti yo`lida qo`shgan hissasi uchun O`zbekiston tennis federasiyasi raisi Alisher Mirsoatovni «Jismoniy tarbiya va sport a`lochisi» ko`krak bilan mukofotladi.

 

 

O`ziga xos ko`tarinki ruhda o`tgan taqdirlash marosimida g`olib va sovrindorlar tashkilotchilarning esdalik sovg`alari bilan taqdirlanishdi.

20 Dekabr, 2020|Yangiliklar

    Boshqa yangiliklar