AsosiySport

Hasanboy Do`smatovning navbatdagi jangi muddati va joyi ma`lum bo`ldi

'Hasanboy Do`smatovning navbatdagi jangi muddati va joyi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Professional boksning o`ta engil (-48,99 kg) vazn toifasida ringga ko`tarilayotgan Hasanboy Do`smatov (1-0, 1 KO) 24 dekabr kuni o`zining ikkinchi jangida ringga ko`tariladi. 

Go Sport.uzning ma`lum qilishishcha, Hasanboyga bu jangda rossiyalik Pavel Gunchenkoga (1-0, 0 KO) qarshi ringga ko`tariladi. Jang Moskva shahrida bo`lib o`tadi va MATCh TV orqali translyasiya qilinadi.

Gunchenko professional boksda 2019 yilning 12 dekabr kuni debyut qilgan va jangida ochkolar hisobida g`alaba qozongan. Hasanboy Do`smatov esa 16 noyabr kuni Meksikada Xesus Vilyanuevani 2 raundda nokaut evaziga mag`lubiyatga uchratgandi.

Ma`lumot uchun Gunchenko 2013 yili Ozarboyjonda bo`lib o`tgan havaskor bokschilar o`rtasidagi «Buyuk Ipak yo`li» xalqaro turnirida -52 kg vaznda Shahobiddin Zoirovga qarshi ringga chiqib yirik hisobda (10-26) imkoniyatni boy bergan.

 

    Boshqa yangiliklar