AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev 2021-yilda Rossiyaga tashrif buyuradi

'Shavkat Mirziyoev 2021-yilda Rossiyaga tashrif buyuradi'ning rasmi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2021-yilda Rossiyaga davlat tashrifi bilan boradi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 21-dekabr, dushanba kuni rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan muzokaralar o`tkazgan.

“Uchrashuvda Shavkat Mirziyoevning Rossiyaga bo`lajak tashrifi ham muhokama qilindi”, — deyiladi Rossiya TIV xabarida.

Qayd etilishicha, vazirlar o`zaro hamkorlik hujjatlari va koronavirusga qarshi kurashish borasida ham fikr almashgan.

    Boshqa yangiliklar