1

Abdulaziz Kamilov Moskvada Sergey Lavrov bilan uchrashdi

Siyosat 23.12.2020, 08:17
Abdulaziz Kamilov Moskvada Sergey Lavrov bilan uchrashdi

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Moskvaga amaliy tashrifi doirasida 2020 yilning 21 dekabr kuni Rossiya Federasiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv o`tkazdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi. 

Uchrashuv chog`ida O`zbekiston – Rossiya ko`p qirrali hamkorligining ustuvor yo`nalishlari, xalqaro va mintaqaviy muammolar bo`yicha fikr almashinildi.

Muloqotda bo`lib o`tajak oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlarning amaliy jihatlariga alohida e`tibor qaratildi.

O`zbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligidagi raisligi natijalari hamda O`zbekistonga Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi huzurida kuzatuvchi maqomi berilishi taqdim etadigan yangi istiqbollar muhokama qilindi. Boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari ham kelishib olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1