AsosiySport

Tennischi Temur Ismoilov kelishilgan o`yinlarda ishtirok etgani uchun sportdan chetlatildi. U O`zbekiston terma jamoasi a`zosi emas — Vazirlik

'Tennischi Temur Ismoilov  kelishilgan o`yinlarda ishtirok etgani uchun sportdan chetlatildi. U O`zbekiston terma jamoasi a`zosi emas — Vazirlik'ning rasmi

Bugun ko`plab internet saytlarida o`zbekistonlik tennischi Temur Ismoilovning kelishilgan o`yinlarda ishtirok etgani uchun 7 yilga sportdan chetlatilgani haqida xabarlar e`lon qilindi.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo`mitasi quyidagilarni ma`lum qildi:

"Temur Chingizovich Ismoilov 1995 yil 14 yanvarda tug`ilgan. 2013 yildan to 2017 yilgacha O`zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan. O`sha yili oilasi bilan birga doimiy yashash uchun AQShga ko`chib ketganligi sababli terma jamoa safidan chiqarilgan.

T.Ismoilov haligacha AQSh fuqaroligini olmagani bois bugungacha Xalqaro tennis federasiyasi (ITF) hamda professional tennischilar assosiasiyasi (ATR) tasnifiga kiruvchi musobaqalarda O`zbekiston bayrog`i ostida qatnashib kelgan.

Bugun, 2020 yil 23 dekabr kuni tennis o`yinlarini tekshirishga mas`ul bo`lgan Tennis Integrity Unit tashkiloti T.Ismoilovning ITF hamda ATR tasnifidagi turnirlarda kelishilgan o`yinlarda ishtirok etgani uchun 7 yilga sportdan chetlatilgani haqidagi qarorini matbuotda e`lon qildi.

Ayni paytda Temur Ismoilov tennis bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zosi sifatida ro`yxatda turmasligini ma`lum qilamiz", - deyiladi Vazirlik Matbuot xizmati rasmiy bayonotida. 

    Boshqa yangiliklar