1

Muhtasham kutubxona barpo etamiz, unda jahondagi eng nodir asarlar jamlanadi — Shavkat Mirziyoev

Siyosat 25.12.2020, 20:50
Muhtasham kutubxona barpo etamiz, unda jahondagi eng nodir asarlar jamlanadi — Shavkat Mirziyoev

Prezident Shavkat Mirziyoev O`zbekiston yoshlari forumida muhtasham kutubxona barpo etish taklifini bildirdi.

Ma`lum qilinishicha kutubxonada jahondagi eng nodir asarlar jamlanadi

Yoshlar forumida davlatimiz rahbari san`at, adabiyot sohalarni rivojlantirish bo`yicha istiqboldagi vazifalarga to`xtalib o`tdi:

«Kelgusi yili buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlaymiz. Yoshlarimizga hazrat Navoiy ijodini chuqur o`rgatishni tizimli yo`lga qo`yish muhim. Shu bois Alisher Navoiy asarlarining bugungi yoshlar tushunadigan ixcham namunalarini yaratib, turli mobil ilova va elektron dasturlar ishlab chiqish kerak».

Prezident Toshkent shahrida zamonaviy muhtasham kutubxona barpo etish taklifini bildirdi:

«Bu ma`rifat saroyi ilm-fanning so`nggi yutuqlari asosida jihozlanadi. Bu dargohda yurtimiz va jahondagi eng nodir, noyob va bebaho asarlar jamlanadi. U buyuk ajdodlarimizning boy merosi va nomlarini butun dunyoga tarannum etadigan, barcha yurtdoshlarimiz, birinchi navbatda, siz, qadrli farzandlarimiz uchun chinakam ziyo maskaniga, g`urur va iftixorimiz ramziga aylanadi, deb ishonaman».

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1