1

Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi boshlandi

Siyosat 29.12.2020, 10:53
Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi boshlandi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi – mamlakatimiz siyosiy hayotidagi eng muhim voqea. 2017 yildan buyon an`anaga aylangan bu tadbirda tugayotgan yildagi asosiy ko`rsatkichlar, yangi yilga mo`ljallangan maqsad va vazifalar e`lon qilinadi. Shu bois xalqimiz uni katta qiziqish bilan kutadi.   

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning bu galgi Murojaatnomasi 29 dekabr kuni soat 11:00 da boshlanadi. Unda joriy yilda erishilgan natijalar, “Ilm, ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi doirasida bajarilgan ishlar aytib o`tiladi. Kelgusi yilga nom berilib, mamlakatimizni yanada rivojlantirishga qaratilgan eng muhim vazifalar, ichki va tashqi siyosatga doir ustuvor yo`nalishlar belgilanadi.

Davlatimiz rahbari bu gal ham ko`plab takliflarni bildirishi kutilmoqda.

Ushbu nufuzli anjuman poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida bo`lib o`tadi. Unda Oliy Majlis Senati a`zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat tashkilotlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etadi.

Murojaatnoma 15 ta telekanalda jonli efirda, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida onlayn yoritib boriladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1