1

O`zbekiston va Tojikiston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

Siyosat 30.12.2020, 11:54
O`zbekiston va Tojikiston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

Bugun, 30 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil bilan bir-birlarini samimiy qutlab, O`zbekiston va Tojikiston birodar xalqlariga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

Suhbatda ikki tomonlama aloqalar va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi, O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning birinchi galdagi vazifalari belgilandi.

Barqarorlik va xavfsizlikni ta`minlash, zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi kurashish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish, jumladan, tovar ayirboshlashni ko`paytirish, qo`shma kooperasiya loyihalarini ilgari surish, hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Davlat rahbarlari bo`lajak ikki va ko`p tomonlama tadbirlar rejasini ko`rib chiqdilar. Mamlakatimiz etakchisi birodar Tojikiston Prezidentiga 2021 yilda Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislikda muvaffaqiyat tiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1