AsosiyMadaniyat

Ozodbek Nazarbekov ustoz raqqosalarni taqdirladi

'Ozodbek Nazarbekov ustoz raqqosalarni taqdirladi'ning rasmi

 Madaniyat vazirligi hamda “O`zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan o`zbek milliy raqs san`ati rivojiga o`zining munosib hissasini qo`shib kelayotgan bir guruh ustoz san`atkorlarga, faxriylarga va raqs san`ati fidoyilariga ehtirom ko`rsatish, ularning uzoq yillik mehnatlarini e`tirof etish va e`zozlash maqsadida taqdirlash marosimi o`tkazildi.  

Tadbirda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, soha vakillariga garchi pandemiya sharoitida bo`lsa ham yil davomida jonbozlik ko`rsatib, fidokorona mehnat qilganliklari hamda san`at va madaniyat sohasini rivojlantirishga qo`shayotgan hissalari uchun minnatdorlik bildirib, har bir san`atkorning faoliyatini alohida e`tirof etdi.      

Shuningdek, tadbirda 2020 yil davomida raqs san`ati yo`nalishida ijodiy izlanishlar olib borgan, davlat tadbirlarida ham faol ishtirok etgan bir guruh yosh raqqosalarga ham faxriy yorliqlar va esdalik sovg`alari topshirildi.

    Boshqa yangiliklar