Xitoylik biznesmen 66 yoshli Chjun Shanshan Osiyoning eng badavlat kishisi deb topildi. Bu haqda "Bloomberg" nashri ma`lum qildi.
Shanshan vaksina ishlab chiqaruvchi «Beijing Wantai Biological Pharmacy Enterprise» va qadoqlangan suv ishlab chiqaruvchi «Nongfu Spring» kompaniyalari asoschisidir. U tarixda tez boylik orttirgan insonlar qatoriga qo`shilgan. Uning boyligi 2020 yilda 70,9 milliard dollarga ko`payib, 77,8 milliard dollarga etgan.
Milliarder Chjun Shanshan sayyoradagi eng badavlat kishilar reytingida 11 o`rinni egallagan. U matbuotda kam tilga olinadigan, o`zi haqida ommaga ko`p ham ma`lumot beravermaydi.






