Qirg`iziston maxsus xizmatlari harbiy qismda terakt uyushtirmoqchi bo`lgan odamni hibsga oldi. Bu haqda RIA Novosti respublika Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi matbuot xizmatiga asoslanib xabar bergan.
"Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasining qo`shni davlatlardan birining maxsus xizmatlari bilan birgalikdagi faoliyati natijasida Qirg`iziston hududida terroristik harakatning oldini olish mumkin bo`ldi", deyiladi xabarda.
Ta`kidlanishicha, hibsga olingan shaxs Qirg`iziston fuqarosi, u 1998 yilda tug`ilgan erkak. Tergov ma`lumotlariga ko`ra, u o`z rejalarini qo`lbola portlovchi moslama bilan amalga oshirishni rejalashtirgan.






