AsosiyMadaniyat

Chustdagi qarovsiz qoldirilgan ko`hna masjid va ziyoratgoh haqida ma`lumot berildi

'Chustdagi qarovsiz qoldirilgan ko`hna masjid va ziyoratgoh haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

Joriy yilning 3 yanvar sanasida internet tarmoqlarida «Ko`hna masjid va ziyoratgoh qarovsiz qolmoqda» sarlavhali maqola e`lon qilingan edi.

Madaniyat vazirligining ma`lum qilishicha, 2020 yilda Namangan viloyat madaniy meros boshqarmasi tomonidan viloyatdagi avariya holatidagi madaniy meros ob`ektlarining tezkorlik bilan restavrasiya qilish bo`yicha ro`yxati shakllantirildi.  

Shu jumladan viloyat madaniy meros boshqarmasi Chust tumani hududida joylagan avariya holatidagi ob`ektlarini restavrasiya qilish yuzasidan tumani hokimiyatiga 2020 yil murojaat qilgan.  

Ma`lum qilinishicha, mahalliy byudjetdan mablag` ajratilmaganligi sababli madaniy merosning milliy ro`yxatiga kiritilgan «Buloqmozor masjidi» 1912 yilda qurilgan bo`lib Chust tumanida joylashgan. Ushbu arxitektura yodgorligi 2021 yilda restavrasiya-tiklash ishlari amalga oshirish lozim bo`lgan ob`ektlar ro`yxatiga kiritilib, restavrasiya-tiklash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar