Ayni paytda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 11-yalpi majlisi bo`lib o`tmoqda. Unda Senat raisi Tanzila Norboeva qiynoqlar masalasiga to`xtalib o`tdi.
“Respublikamizda bu narsaga mutlaqo o`rin qolishi kerak emas. Hozir insonga bo`lgan e`tibor shu darajada kuchliki, qiynoq degan masala O`zbekistonning kun tartibidan chiqib ketishi kerak. Bosh prokuratura, IIV, Ombudsmanning faoliyati tahlil qilinganda, mazkur masalaga alohida e`tibor beriladi va baho beriladi. Mas`ul qo`mitalardan bu boradagi o`rganishlar tahlillarini yanada kuchaytirish so`raladi”, deydi Norboeva.
Senat raisining ta`kidlashicha, joriy yilda sud hokimiyati mustaqilligini ta`minlashuvchi komissiyasiga raislik qilish Senatga o`tadi.
“Qolaversa, joriy yilda sud hokimiyati mustaqilligini ta`minlashuvchi komissiyasiga raislik qilish Senatga o`tadi. Shu bois komissiya faoliyatini yanada kuchaytirish joriy yilda oldimizda turgan eng muhim vazifa bo`lib hisoblanadi”, deydi Tanzila Norboeva.