AsosiySiyosat

Senatorlar Konstitusiyaga kiritilayotgan o`zgarishlarni ma`qulladi

'Senatorlar Konstitusiyaga kiritilayotgan o`zgarishlarni ma`qulladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 11- yalpi majlisida “O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o`zgartishlar kiritish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi. 

Ma`lum qilinishicha, sud tizimida tashkiliy-tuzilmaviy o`zgarishlar amalga oshirilayotganligini inobatga olib, O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 107-moddasiga tegishli o`zgartishlar kiritilmoqda.

Konstitusiyaga kiritiladigan o`zgarishlar asosan sudlar faoliyatiga oid bo`lib, 14 ta hududda umumyurisdiksiya sudlari tashkil etiladi, tuman (shahar) ma`muriy sudlari tugatiladi.

Mazkur Qonunning hayotga tatbiq etilishi sud tizimini boshqarish masalalarini takomillashtirilishi, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarni tashkiliy, moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan ta`minlashga erishish bilan bir qatorda, eng avvalo, fuqarolarning sudma-sud sarson bo`lib yurishiga barham berib, ularning muammosining bir joyda hal qilinishi imkonini beradi.

Qonun senatorlar tomonidan ma`qullandi.

Mavzuga doir:

"Qiynoq" masalasi O`zbekiston kun tartibidan chiqib ketishi kerak–Tanzila Norboeva

Tanzila Norboeva byudjet masalasida mahalliy hokimliklarni keskin tanqid qildi

 

    Boshqa yangiliklar