Sog`likni saqlash vazirligining axborot xizmati albinizm kasalligi haqida ma`lumot berdi.
Teri rangi sutday oq, ba`zida ota-onasiniki bilan bir xil yoki jigarrang bo`ladi. Ba`zi albinoslarda ultrabinafsha nurlanish ta`sirida tanada qora dog`lar hosil qiladi.
Sochlar, qosh va kirpiklar. Odatda rangsiz yoki oq rangga ega, ammo afrikaliklarda yoki osiyoliklarda ular sariq, qizg`ish yoki jigarrang bo`lishi mumkin. Ba`zida suv sochlarning rangini o`zgartiradi.
Ko`z. Pigment etishmasligi tufayli ular odatda och ko`k rang, shaffof bo`ladi. Odatda, ko`zning rangi kulrangdan jigarranggacha o`zgarib turadi.
Melanin etishmasligi tufayli albinos ultrabinafsha nurlanishiga ta`sirchan bo`lib qoladi. Shuning uchun albinizmning asosiy asoratlari terining shikastlanishi va ko`rish bilan bog`liq.
Bolalik paytidayoq albinoslar yorug`likdan qo`rqish va undan qochishni boshlashadi. Ko`z ichki qobig`i retina bundan zarar ko`radi va natijada ko`rish qobiliyati tushib ketadi.
Albinizm nasliy kasallik bo`lgani uchun uni davolash imkonsiz.