AsosiyDunyo

Koronavirusning yangi shtammi dunyoning 40 dan ortiq mamlakatiga tarqaldi — JSST

'Koronavirusning yangi shtammi dunyoning 40 dan ortiq mamlakatiga tarqaldi — JSST'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti dastlab Buyuk Britaniyada tarqalgan yangi shtamm dunyo bo`ylab tez tarqalayotgani yuzasidan izoh berdi. Bu haqda Forbes nashri xabar qildi.

Virusning yangi shtammi insoniyatga katta xavf tug`dirishi mumkunligi haqida dalillar mavjud emas. Dekabr oyi o`rtalarida Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi turi bugunga qadar yana 40 mamlakatda aniqlandi. 

JSST hisobotida aytilishicha, 5 yanvar holatiga ko`ra koronavirusning "inglizcha" varianti "boshqa 40 mamlakatda kam sonli insonlarda qayd etilgan". JSST bergan dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yangi shtamm tarqalish tezligi yuqori, ammo virus COVID-19'ning dastlabki varianti kabi katta xavf tug`dirmaydi. JSST, shuningdek, Janubiy Afrikada topilgan koronavirusning yana bir turini yuqtirish holatlari 5 yanvarda etti mamlakatda kuzatilganini aytdi.

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining xabariga ko`ra, hozirga qadar dunyoning 191 mamlakatida COVID-19 aniqlandi. Ushbu infeksiyani yuqtirganlarning 83 milliondan ortig`i ro`yxatga olingan, ularning 1,8 milliondan ko`prog`i vafot etgan. 

Mavzuga doir:

JSST koronavirusning yangi shtammi yoshlar orasida tezroq tarqalishi mumkinligini aytdi

“Virusning yangi turi qo`rqinchli sur`atlar bilan tarqalmoqda". Britaniyada uchinchi marta lokdaun kiritiladi

O`zbekiston 2020 yilning 21 dekabridan Britaniya va yangi shtamm aniqlangan boshqa 8 ta mamlakatlar bilan aviaqatnovlarni to`xtatgan

    Boshqa yangiliklar