Angliyalik futbol hakami Martin Atkinson o`tgan 2015 yilda Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemerondan ham ko`proq daromad oldi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Nashrning xabar berishicha, 2015 yilda Kemeronning daromadi 203 ming dollarni tashkil etgan. Xuddi mana shu davrda eng Angliyadagi eng talabgir futbol hakamlaridan biri Atkinson esa 215 ming dollar ishlab topgan.
Atkinson oliy toifali futbol hakami hisoblanadi. Uning yillik maoshi mukofot puli va boshqa daromadlarisiz 128200 dollarni tashkil etadi. Buyuk Britaniya hududidagi o`yinlarni boshqarishga u 640 dollar oladi. Unga qit`a bo`yicha o`yinlarda hakamlik qilgani uchun esa 5,7 ming dollar to`lashadi.
O`tgan 2015 yilda 44 yoshli hakam umumiy hisobda 48 ta matchda hakamlik qildi. Ularning 37 tasi Angliya prem`er-ligasi, Angliya kubogi va Angliya Ligasi kubogi o`yinlariga to`g`ri keladi. U, shuningdek, Chempionlar Ligasi o`yinlarida olti marta,Evropa Ligasida ikki marta va Evropa Chempionatida uch marta hakamlik qilgan.
Atkinson 10 iyundan 10 iyulgacha Fransiyada bo`lib o`tadigan Evropa Chempionati o`yinlarida hakamlik qiladi.
01.02.2016 10:06





