AsosiySport

FIFA "Real"ga qo`yilgan transfer ta`qiqini olib tashladi

Bir necha kun oldin FIFA Madridning ikki klubi “Real” va “Atletiko”ga transferlar amalga oshirish ta`qiqini qo`ygandi. 
Bunga sabab esa jamoalar voyaga etmagan futbolchilar bilan shartnoma imzolaganligidadir. Lekin Florentino Peres bu borada FIFA noto`g`ri qaror chiqarganini bir necha bor aytdi. 
“Qirollik klubi” FIFAga bergan appelyasiya muvaffaqiyatli o`tdi, deya xabar beradi Realmadrid.com cayti. 
“Real” vakillari tashkilotga kerakli hujjatlarni taqdim etgan va ular ishni noma`lum muddatga qoldirgan. Tashkilotning xabar berishicha, “qirollik klubi” bergan hujjatlarda voyaga etmagan bolalar bilan shartnoma imzolashda qoidabuzarliklar aniqlanmagan. Biroq ish hali to`liq yopilmagan.

    Boshqa yangiliklar