Jozef Bayden Trampdan AQSh Kongressi binosini egallab olgan tarafdorlarining harakatlarini darhol qoralashni talab qilmoqda. U Vashingtondagi voqealarni nafaqat norozilik namoyishlari, balki isyon deb atadi
AQShning saylangan prezidenti Jozef Bayden xalqqa murojaat qildi. U Vashingtonda sodir bo`layotgan voqealar g`alayon ekanligini aytib, tartibsizliklarni to`xtatishga chaqirdi.
Bayden Donald Trampdan o`z tarafdorlarining harakatlarini darhol qoralashni talab qildi.
“Saylangan hukumat xavfsizligiga tahdid bu norozilik emas. Bu isyon. Dunyo nima bo`layotganini kuzatmoqda. Boshqa ko`plab amerikaliklar singari, men ham uzoq vaqtdan beri demokratiya uchun nur va umid chirog`i bo`lib kelgan millatimiz shunday ayanchli daqiqaga kelganidan hayratda qoldim va xafa bo`ldim », - dedi u Tiwetterdagi saxifasida






