AsosiyDunyo

Donald Trampning “Twitter” va “Facebook” dagi akkaunti o`chirib tashlandi

'Donald Trampning “Twitter” va “Facebook” dagi akkaunti o`chirib tashlandi'ning rasmi

AQSh Kapitoliyiga qilingan hujum tarafdorlarini ayblab yozgan izohidan so`ng Donald Trampning “Twitter” va “Facebook” dagi akkaunti o`chirib tashlandi. Bu haqda Reuters xabar qildi.

AQSh Prezidenti ijtimoiy tarmoq orqali barcha namoyishchilarga xabar yo`llab, ulardan tomoshani bas qilishni, uyga qaytishni so`ragan. Noma so`ngida u “Men sizlarni sevaman” mazmunidagi jumlani yozgan.

Shuningdek, Tramp saylov soxtalashtirilgani to`g`risidagi da`volarni ham qayta-qayta takrorlamoqda.

“Twitter” fuqarolik yaxlitligi orqali siyosatni jiddiy buzganligi uchun uchta tvitni olib tashlashni talab qilgan.

Kompaniya ta`kidlashicha, agar ushbu talab bajarilmasa, prezidentning “@realDonaldTrump” akkaunti bir umrga yopiladi. Demak, AQSh prezidentining “Twitter” dagi faoliyati tugashiga sanoqli kunlar qolgan bo`lishi mumkin.

Ayni payt “Facebook” janob Trampni 24 soatga “bloklagan”. E`tiborli jihati, “YouTube” ham unga tegishli barcha videolarni olib tashladi.

“Facebook” ushbu harakat orqali hozir davom etayotgan zo`ravonlik xavfini kamaytirish emas, balki bartaraf etishga hissa qo`shmoqchi.

Qolaversa, zo`ravonlik Kongressda demokrat Jo Baydenning saylovdagi g`olibligi bilan bog`liq munozaralarni to`xtatdi.

Vakillar Palatasi va Senat palatalarida respublikachilar noyabr oyidagi saylov natijalarini sertifikatlashtirishga qarshi chiqishdi.

    Boshqa yangiliklar