Donald Trampni hibsga olish to`g`risida order o`tgan yili eronlik general va qudratli Iroq milisiyasi rahbarining o`ldirilishi munosabati bilan chiqarilgan, deya ma`lum qildi Iroq sudi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Sud qarori Bag`dodning tergov sudi sudyasi tomonidan qabul qilingan bo`lib, general Qassim Soleymani va Abu Mahdi al-Muhandisning o`limiga sabab bo`lgan Vashingtondan yo`naltirilgan uchuvchisiz samolyotlarni tekshiruv ishlari yakunlangach e`lon qilingan. Eslatib o`tamiz, Qassim Soleymani va Abu Mahdi al-Muhandis o`tgan yilning yanvar oyida poytaxt aeroporti tashqarisida o`ldirilgan edi.
Al-Muhandis "Islomiy davlat" guruhiga qarshi kurashish uchun tuzilgan bir qator milisionerlar, shu jumladan Eron tomonidan qo`llab-quvvatlanadigan guruhlardan tashkil topgan - davlat tomonidan ro`yxatga olingan Xalqni safarbar qilish kuchlari guruhi rahbarining o`rinbosari edi.
Soleymani Eronning Inqilobiy Gvardiya Korpusining ekspedision Quddus kuchlarini boshqaruvchisi bo`lgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, Tramp prezidentligi yakunlanayotgan paytda e`lon qiligan hibs hukmi ramziy ma`noga ega.






