AsosiyDunyo

Shimoliy Koreya AQShni "eng katta dushman" deb atadi

'Shimoliy Koreya AQShni "eng katta dushman" deb atadi'ning rasmi

Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In AQShni KXDRning "eng katta dushmani" deb atadi va Qo`shma Shtatlarni yadroviy salohiyatini rivojlantirishda davom etish orqali tahdid qilayotganini ta`kidladi. Bu haqda Shimoliy Koreyaning rasmiy nashrlari xabar bermoqda.

Kimning qo`shimcha qilishicha, Vashingtonning Pxenyanga qarshi siyosati Oq uyni kim boshqarganidan qat`i nazar o`zgarmaydi, uning dushmanlik pozisiyasiga barham berish ikki mamlakat o`rtasidagi kelajak munosabatlarining kaliti bo`ladi.

Kim Chen In bu so`zlarni hozirgi paytda Pxenyanda bo`lib o`tayotgan hukmron Ishchilar partiyasining sakkizinchi s`ezdidagi hisobot paytida aytdi:

"Bizning tashqi siyosiy faoliyatimiz inqilobiy rivojlanishimizga qarshi asosiy to`siq va eng katta dushman bo`layotgan AQShni bostirish va bo`ysundirishga yo`naltirilgan bo`lishi kerak".

KXDR raxbari bugunga qadar AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchta uchrashuv o`tkazdi, ammo yadroviy qurolsizlantirish bo`yicha muzokaralar 2019 yilda Xanoyda kelishuvsiz sammitidan keyin ham kutilgan samarani barmadi.

Kim Chen In sammitlarga to`xtalar ekan, AQShning dushmanlik siyosati shimolning mintaqadagi keskinlikni kamaytirish bo`yicha KXDR qilgan ko`plab "harakatlar" va "maksimal sabr-toqatga" qaramay "yomonlashgan".

 

    Boshqa yangiliklar