AsosiyDunyo

Rossiya migrantlari uchun rus tili va tarixidan o`tkaziladigan imtihon tartibi o`zgaradi

'Rossiya migrantlari uchun rus tili va tarixidan o`tkaziladigan imtihon tartibi o`zgaradi'ning rasmi

Rossiyada yashash va ishlash istagidagi chet elliklar uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo`yicha imtihon topshirishning yangi qoidalari o`rnatiladi. Imtihonlarning murakkablik darajasi esa chet el fuqarosining mamlakatda bo`lish maqsadiga bog`liq bo`ladi.  

Ushbu tartib Duma tomonidan qabul qilingan hukumat qonunida belgilangani haqida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.

Hozirgi vaqtda Rossiyaning hududiy boshqaruvi ushbu imtihonni o`tkazuvchi ta`lim muassasalari ro`yxatini hamda imtihonni o`tkazish tartibi va shaklini belgilash huquqiga ega. Yangi qonunga muvofiq, imtihonlar rasmiy ro`yxatga kiritilgan ta`lim muassasalari tomonidan o`tkazilib, tegishli sertifikat beriladi.

Shu bilan birga, sertifikatning amal qilish muddati uni olish maqsadiga bog`liq bo`ladi. Masalan, vaqtinchalik yashash yoki ishlash uchun ruxsatnoma olish istagidagi chet el fuqarolariga sertifikat uch yil muddatga beriladi.

Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan 180 kun o`tgach kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar