Bugun, 10 yanvar kuni Qirg`izistonda muddatidan oldingi prezidentlik saylovi o`tkazilmoqda. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, qirg`iz xalqi nafaqat keyingi davlat rahbarini, balki hokimiyat tuzilmasi shaklini ham tanlashi kerak.
8.00 da mamlakat bo`ylab 2474 saylov uchastkasi ochildi, ularning 48 tasi chet elda joylashgan. Ular soat 20.00 gacha ishlaydi.
Saylovchilarning yakuniy ro`yxatiga 3 million 563 ming 574 kishi kiritilgan. Prezidentlikka 17 nafar nomzod ro`yxatdan o`tkazilgan. Ertalab soat 10:00 holatiga ko`ra saylovda ishtirok etganlar 2,8% (99,772 saylovchi).
Saylov uchastkalarida ovoz berish sanitariya-gigiena talablariga muvofiq o`tkaziladi: fuqarolar niqob va qo`lqop kiyishlari shart. Bolalarni uyda qoldirish tavsiya etiladi.
Shuningdek, rasmiylar SARS yoki COVID-19 belgilari bo`lgan saylovchilardan saylovlarda faqat soat 18.00 dan keyin ishtirok etishlarini so`radilar.






