O`zbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov o`zining madaniyat va san`at sohalarini rivojlantirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yo`lidagi samarali xizmatlari uchun “Do`stlik” medali bilan taqdirlangan edi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar bermoqda.
Ushbu Davlat mukofoti Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va vazirlik vakillari tomonidan joriy yilning 9 yanvar kuni Nuriddin Hamrokulovga topshirildi.
Ma`lumot o`rnida:
2020 yil 27 avgust sanasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning "O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to`qqiz yilligi munosabati bilan fan, ta`lim, adabiyot, madaniyat, san`at va ommaviy axborot vositalari sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to`g`risida"gi Farmoni imzolangan.






