AsosiyDunyo

"Bu bizning Trapm". Sadir Japarov Qirg`izistonning 6-prezidenti bo`ldi

'"Bu bizning Trapm". Sadir Japarov Qirg`izistonning 6-prezidenti bo`ldi'ning rasmi

52 yoshli Sadir Japarov Qirg`izistonning yangi, allaqachon oltinchi prezidenti bo`ldi. U mamlakatda bo`lib o`tgan oktyabr namoyishlaridan keyin chaqirilgan muddatidan ilgari bo`lib o`tgan prezidentlik saylovlarida g`olib chiqdi, deyiladi "VVS News" xabarida. 

Malumotlarga ko`ra, yakshanba kuni Qirg`iziston saylovchilari ham referendumda prezidentlik boshqaruv shakli uchun ovoz berishdi, ovoz berganlarning 81% bu variantni ma`qullaganlar.

Shuningdek, o`z tarafdorlari tomonidan koloniyadan ozod qilingan Japarov (u garovga olish ishi bo`yicha 11,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan) kutilmaganda avval namoyishlarning etakchisi, keyin esa bosh vazir va prezident vazifasini bajaruvchi bo`lgan.

Tahlilchilar uning g`alabasini allaqachon saylovlar poygasi paytida bashorat qilishgan, chunki o`tkazilgan so`rovlarga ko`ra Japarov Qirg`iziston mintaqalaridagi saylovchilarning sevimlisi bo`lib chiqgan va uning eng yaqin sheriklari amaldagi hukumatda muhim o`rinlarni egallashgan.

    Boshqa yangiliklar