"Barselona" yarim himoyachisi Andres Inesta Ispaniyaning 2015 yildagi eng yaxshi erkak sportchisi deb topildi.
“Menga ovoz berganlarga minnatdorchilik bildiraman. Bu sovrinni yaxshi va yomon kunlarimdan menga ishongan insonlarga bag`ishlayman”, - deydi Inesta.
2015 yilda Ispaniyaning eng yaxshi ayol futbolchisi mototrial bo`yicha ko`p karra jahon chempioni Layya Sans bo`ldi.





