Yaponiya yuqumli kasalliklar milliy instituti koronavirusning Buyuk Britaniyada va Janubiy Afrikada tarqalgan yangi mutasiyasi Yaponiyada ham aniqlanganini ma`lum qildi. Bu haqda RIA Novosti ma`lum qilgan.
Mutaxassislarning fikricha, yangi tur 2 yanvar kuni Braziliyadan Yaponiyaga uchib ketgan to`rt kishida aniqlangan. Institutning ta`kidlashicha, bu bemorlar yuqumli kasallikning yuqori darajasini boshdan kechirmoqda.
Olimlarning ta`kidlashicha, yangi mutasiya bo`yicha to`plangan ma`lumotlar genlarning nukleotidlar ketma-ketligi haqidagi ma`lumotlar bilan cheklangan. Shuning uchun hozirda mavjud vaksinalarning patogenligi va samaradorligini baholash qiyin.
Ma`lum qilinishicha, yangi shtammni yuqtirganlardan biri - 40 yoshli erkak - nafas olish muammolari tufayli kasalxonada davolanmoqda. Yuqtirganlardan yana biri ayol bemor esa tomoq va bosh og`rig`iga chalingan, kasallangan bolada yuqori isitma kuzatilmoqda. To`rtinchi bemorning ahvoli qolganlarnikidan ancha yaxshi.